19:41 / 17.09.2015
6394

Nabiullina: rubl kursi muvozanatga yaqinlashdi

Rossiya milliy valyutasining amaldagi kursi muvozanat darajasiga ancha yaqinlashib qoldi. Bu haqda mamlakat markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina bayonot berdi.

“Rublga ko‘plab omillar ta'sir o‘tkazmoqda. Neft narxi, investorlarning qo‘rquvlari, Xitoy iqtisodiyotidagi ahvol, ichik omillar, soliq va h.k. shular jumlasidandir. Kurs tashqi bosim ostida bo‘lishiga qaramay, fikrimizcha, muvozanatga ancha yaqindir”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top