23:40 / 17.09.2015
2268

Neymar otasi o‘yinchi haliveri “Barsa”ni tark etmasligini ma'lum qildi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymarning otasi o‘g‘lining yaqin orada jamoani tark etmasligini aytdi. Neymarning “Barsa” bilan shartnomasi 2018 yilda yakunlanadi. Bu yozda futbolchiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgani aytilgan edi.

“Muxlislar xotirjam bo‘lsalar bo‘ladi, Neymar “Barsa”da qoladi. Bizning klub bilan muzokaralar o‘tkazishimizga hozircha hojat yo‘q, chunki bizda shartnoma bo‘yicha yana 3 yil bor”, deb aytdi katta Neymar.

Top