08:45 / 17.09.2015
7021

Obama qo‘lbola soat yasagan o‘smirni Oq uyga taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama qo‘lbola soat yasagani uchun o‘qituvchilari tomonidan politsiyaga topshirilgan o‘smirni Oq uyga mehmonga taklif qildi. Ushbu taklifni Obama o‘zining tvitterdagi mikroblogiga joylashtirdi.

“Ajoyib soatlar, Ahmed. Ularni Oq uyga olib kelishni istaysanmi? Biz sen kabi ilm-fanni sevadigan insonlarni ko‘proq ilhomlantirishimiz kerak. Aynan shu narsa Amerikani buyuk va qudratli qiladi”, – deyiladi xabarda.

14 yoshli Ahmed Mohammedni uning iqtidoridan ilhomlangan Facebook ijtimoiy tarmog‘i Mark Tsukerberg ham mehmonga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Texax shtati Irving shahridagi maktabning 14 yoshli o‘quvchisi Ahmed Mohamed (Ahmed Mohamed) o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun politsiya mahkamasiga olib kelingan edi.

Top