09:53 / 17.09.2015
13002

O‘zbekiston jahon armiyalari ro‘yxatida 54-o‘rinda

O‘zbekiston Global Firepower Index harbiy qudrat reytingining yangi versiyasida 54-o‘ringa qo‘yildi. Reytingga jami 126 mamlakat kirdi.

O‘zbekistonning indeksi 1.2989ni tashkil qildi. MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ichida Rossiya (2), Ukraina (25), Belarusdan (45) to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Qolgan davlatlarning natijalari quyidagicha: Ozarbayjon – 63, Qozog‘iston – 66, Armaniston – 74, Gruziya – 75, Qirg‘iziston — 78, Tojikiston – 81, Latviya – 87, Turkmaniston — 90, Litva — 92, Estoniya — 108. Moldova indeksga kiritilmadi. O‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra O‘zbekiston 106 davlat ichida 48-natijani qayd qilgan edi.

Top