13:02 / 17.09.2015
4358

O‘zbekistonda yuqori voltli kompozitli izolyatorlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi

2015 yili Toshkentdagi Metal-Polimer Technologies O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasida temir yo‘l aloqa tarmoqlari va yuqori bosimli elektr uzatishga mo‘ljallangan yuqori voltli kompozitli izolyatorlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Kompaniya savdo menejyeri Ma'murjon Ahmedovning Review.uz saytiga ma'lum qilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘llar elektrifikatsiyasida mahalliy korxonada ishlab chiqarilgan 5200 konsolli izolyatorlardan foydalangan.
Korxona quvvati yiliga 160 ming izolyator ishlab chiqarishga qaratilgan, eng maksimal bosim 1000 kVni tashkil qiladi, deb xabar berdi Ahmedov.

Rasmiy rejaga ko‘ra, 2015 yili korxona 30 ming izolyator ishlab chiqaradi, kelajakda bu ko‘rsatkich yana 10 ming donaga ko‘payishi mumkin, bunda lokalizatsiya darajasi 37.5 foizni tashkil qiladi. 2019 yilda ishlab chiqarish quvvati 70 ming donaga yetkaziladi.

Top