16:05 / 17.09.2015
2164

Rafinya Alkantara kamida yarim yilga safdan chiqdi

"Barselona” klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantara “Roma”ga (1:1) qarshi Chempionlar ligasi guruh boqchisining birinchi tur o‘yinida jiddiy jarohat orttirib oldi, bu haqida tv3 portali xabar tarqatgan.

Dastlabki tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, o‘yinchi tizza paylarini jiddiy shikastlab olgan. Shu tariqa, Rafinya operatsiya qilinadi va tiklanish jarayoni kamida 6 oy vaqt talab etadi.

Mundo Deportivo nashri ma'lumotiga ko‘ra, bugun “Barselona” futbolchining jarohati yuzasidan rasmiy bayonnoma bilan chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli braziliyalik xavbek Rim klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan bilan to‘qnashuvda tizzasini shikastlab oldi.

Top