17:17 / 17.09.2015
6418

Rossiya AQShning davlat qarziga investitsiya kiritmoqda

Iyul oyi yakunlariga ko‘ra Rossiya AQSh g‘aznachilik obligatsiyalariga (US Tresuries) 9.7 mlrd dollar mablag‘ kiritdi. Buni g‘aznachilik saytida joylashtirilgan ma'lumotlar ko‘rsatilmoqda.

Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 81.7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Qimmatbaho qog‘ozlar egalari ro‘yxatida u 16-pog‘onaga ko‘tarildi.
AQSh davlat obligatsiyalarining eng katta miqdoriga Xitoy egalik qilishda davom etmoqda. Uning investitsiyalari hajmi 1.24 trln dollarga teng. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya 1.19 trln dollar bilan. Agar Xitoy o‘z ulushini 31 mlrd dollarga kamaytirgan bo‘lsa, Yaponiya, aksincha, ulushini 400 mln dollarga o‘stirdi. Uchinchi o‘rinda 324.5 mlrd dollar bilan Karib havzasi davlatlari bloki turibdi.
Dunyo davlatlari US Treasuries’ning 6.07 trln dollarlik ulushiga ega. Bir oy davomida bu son 100 mlrd dollarga kamaydi.

Top