15:12 / 17.09.2015
5075

Rossiya tashqi qarzi 500 mlrd dollarga yaqinlashdi

2015 yilning 1 oktabrida Rossiyaning tashqi qarzi 500 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda moliya vaziri o‘rinbosari Maksim Oreshkin bayonot berdi.

“O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiyaning tashqi qarzi tez sur'atlarda uzilmoqda: yaqindagina markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra tashqi qarz 720 mlrd dollar bo‘lgan bo‘lsa, 1 iyul holatiga ko‘ra 550 mlrd dollarni tashkil qildi, 1 oktabrda esa biz 500 mlrd dollarga yaqin sonni ko‘ramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Top