09:40 / 17.09.2015
7802

Ukraina Shoygu, Narishkin, Qodirov va Asxatovga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Ukrainaning Rossiya yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalarining yangilangan ro‘yxatiga mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Davlat Dumasi spikeri Sergey Narishkin, Checheniston rahbari Ramzon Qodirov, bolalar ombudsmeni Pavel Asxatovlar kiritildi.

Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati tomonidan internetda e'lon qilingan farmonda aytildi.
Sanktsion ro‘yxatga kirgan orasida deputat Iosif Kobzona, Rossiya prezidenti maslahatchisi Sergey Glazev, RF FA prezidenti Vladimir Fortov, “Adolatli Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironov va qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyovlar bor.

Ro‘yxatga kiritilgan jurnalistlardan “Rossiya segodnya” axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselyov, “Novosti-Kazaxstan” nashri bosh muharririOlga Kovalenko va RIA Novosti agentligining Turkiyadagi vakili Yelena Palajchenkolarni tilga olib o‘tish mumkin.

Sanktsion ro‘yxatga, shuningdek, Donetsk va Lugansk ayirmachilari yetakchilari Aleksandr Zaxarchenko va Igor Plotnitskiylar kiritildi.

Top