18:25 / 17.09.2015
2949

Xalk: YeChLdagi gollarim soni bo‘yicha o‘z kumirim Ronaldoni ortda qoldirganimdan xursandman

"Zenit" jamoasining braziliyalik hujumchisi Xalk YeChLning birinchi turida safarda Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘yinda 2ta gol urdi va o‘zining turnirdagi jami gollari soni 15taga yetkazib oldi.

Bu borada shu vaqtgacha braziliyaliklar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlar "Barselona", "Inter", "Milan" va "Real" jamoalarida turli yillarda faoliyati davomida 14ta gol urgan Ronoldo va ayni vaqtda "Barselona" safida o‘ynayotgan yana bir futbolchi Neymarga tegishli edi. Shuningdek, YeChLda goleadorlik qilgan braziliyalik futbolchilar orasida Kaka ham bor.

"Men o‘z kumirim Ronaldoni ortda qoldira olganimdan xursandman. Neymar bilan esa hali raqobatlashamiz", deydi Xalk Lancenet nashriga bergan intervyusida.

Top