12:11 / 17.09.2015
6420

Xalqaro valyuta jamg‘armasi: O‘zbekiston ayirboshlash kursining moslashuvchanligini ta'minlashi lozim

O‘zbekistonning tegishli idoralari ayni paytda mamlakatda amalga oshirilayotgan operatsiyalarga bo‘lgan bosimni tushirish uchun ayirboshlash kursi borasidagi siyosatning moslashuvchanligini ta'minlab berishi lozim, shuningdek, valyuta tizimini liberallashtirish hamda valyuta cheklovlarini yo‘qotish yo‘lidan borishi lozim.

Bu tavsiyalar Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotida keltirib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijroiya kengashi O‘zbekiston bilan an'anaviy muzokaralarning bu yilgi sessiyasini yakuniga yetkazdi. Muzokaralar jamg‘arma bilan kelishuvning VI moddasiga muvofiq har yili o‘tkaziladi. Ijroiya kengashining bahosi tashkilot saytida maxsus hisobot shaklida e'lon qilindi.

“Mamlakat iqtisodiyoti barqarorlikni saqlamoqda, - deyiladi hujjatda. – 2014 yildagi o‘sishning yuqori sur'atlaridan so‘ng 2015 yilning birinchi choragida real YaIM 7.5 foizga oshdi. Ayni paytga qadar davlatning faol investitsiyalari iqtisodiyotni sekinlashishdan asradi, bu holat mintaqaning boshqa davlatlarida kuzatilmoqda. Mamlakatning tashqi iqtisodiy ahvoli mustahkamligicha qolmoqda, 2015 aprelining oxiriga qadar inflyatsiya kutilganidan 9 foizga qisqardi”.

Shu bilan birga, murakkab tashqi iqtisodiy vaziyat va energiya tashuvchilar narxlarining tushishi, asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiy o‘sishida sekinlashuv O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy sektoriga ta'sir o‘tkazmoqda. Ayniqsa gaz sohasi va mashina eksporti salbiy natijalar ko‘rsatdi.
Rossiyadan pul o‘tkazmalari 2014 yilda 14 foizga, 2015 yil birinchi choragida 45 foizga qisqardi.

Top