09:44 / 17.09.2015
2842

Xitoylik xakerlar AQSh davlat xizmatchilarining ma'lumot bazasini yaratdilar

Xitoylik xakerlar AQSh davlat xizmatchilarining o‘g‘irlangan ma'lumotlari asosida alohida resurs yaratishdi, deb xabar beradi Fox News telekanali.

AQSh personal menejmenti ofisi kompyuterlaridan ulkan miqdorda ma'lumot o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan xakerlar ular asosida o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq yaratishdi. CrowdStrike kompaniyasi mutaxassisi Dmitriy Alperovichning so‘zlariga qaraganda, bu baza davlat ishchilarini shantaj qilish va XXR hukumatiga ishlashga majbur qilishga qaratilgan.
Bundan tashqari, ekspertning so‘zlariga qaraganda, nafaqat xodimlar, balki ularning oilalari ham xavf ostida qolmoqda.

Top