09:06 / 17.09.2015
3235

Xorazmlik kirakash mijozning 900 dollar pulini olib qochib ketdi

Xorazmlik kirakash mijozning 900 dollar pulini olib qochib ketdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Sharif ismli yigit Toshkentdan Xivaga pul yuborish uchun Abu Saxiy bozoridagi Xorazm kirakashlari turadigan manzilga kelgan. Bu yerda o‘zini Rustam deb tanishtirgan kirakash undan 900 dollarni olib, 10 ming so‘m evaziga tegishli manzilga yetkazishga va'dalashgan.

Lekin yarim yo‘lda kirakashning niyati aynib, u telefonini o‘chirib qo‘ygan va pulni egasiga bermagan. Bu harakatlardan shubhalangan Sharif IIBga ariza topshirgan. Natijada Rustam qo‘lga olinib, pullar egasiga qaytarilgan.

Top