23:39 / 18.09.2015
2537

“Keksalar duosini olaylik” aksiyasi bilan qamrab olingan yolg‘iz va yordamga muhtoj bo‘lganlar keksalar soni 10 mingga yetadi

“Keksalar duosini olaylik” aksiyasi joriy yilning bosh ijtimoiy “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi doirasida yolg‘iz keksalar va nogironlarni mahalla, “Nuroniy” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va boshqa ko‘plab nodavlat tijorat tashkilotlari tomonidan moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash miqyosini oshirish uchun yo‘naltirilgan. 

Aktsiya doirasida muhtojlar mebel va boshqa uy jihozlari, shuningdek, kiyim-kechaklarni yangilashda yordam oladilar. Ayni paytda kuzgi-qishki mavsumga sabzavotlarni g‘amlash, shuningdek, bepul asosda un, guruch, shakar va o‘simlik moyi bilan ta'minlash bo‘yicha tadbirlar boshlandi.

Top