10:37 / 18.09.2015
1903

AQShning Yuta shtatidagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 18 nafarga yetdi

Tinimsiz yog‘ingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlari sababli AQShning Yuta shtati janubida halok bo‘lganlar soni 18 nafarga yetdi, ikki kishi, jumladan, 6 yoshli bola taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Bu haqda mahalliy hukumatning rasmiy vakillari ma'lum qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Zayon milliy bog‘ida olti nafar sayyoh cho‘kib ketgan, yana biri qidirilmoqda. Yutada tinimsiz yog‘ingarchiliklar kuzatilayotgan ayni paytda maydoni 600 kv km bo‘lgan bog‘ hududida bedarak yo‘qolgan sayyohni 60 nafardan ziyod kishi qidirmoqda.

Xildeyl shahrida esa 12 kishi tabiiy ofat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. 6 yoshli bolaning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Vafot etganlarning barchasi ayollar va yosh bolalardir. Ularning eng kichigi 4 yoshda. Ular kuchli suv oqimi olib ketgan ikki avtomobil ichida bo‘lgan. Mashinalardagi 16 kishidan faqat uch bolaning hayoti saqlab qolingan.

Top