16:28 / 18.09.2015
2393

BMT: Donbassda mojarolar boshlanganidan buyon 8 ming kishi halok bo‘ldi

Ukraina sharqida qurolli mojarolar boshlanganidan buyon 8 ming kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi sud qarorisiz va asossiz qatllar masalalari bo‘yicha BMTning maxsus ma'ruzachisi Kristof Xayns brifing chog‘ida.

“Monitoring xulosalariga ko‘ra, 8 ming kishi vafot etdi, ularning aksariyati tinch aholi vakillaridir. Ularning ko‘pchiligi artilleriya zarbalari natijasida halok bo‘lgan. Artilleriya zarbalari tinch aholi vakillari ko‘p miqdorda bo‘lgan hududlarga har ikki tomondan yo‘naltirilmoqda. Harbiylarning o‘z qurollari, artilleriyasini yashash manzillariga joylashtirayotgani ko‘proq o‘lim holatlariga olib kelish xavfini tug‘diradi”, – dedi Xayns.

Shuningdek, mojarolar hududida harbiylarning mahalliy aholi vakillari bilan o‘zaro aloqadorligi tizimi mavjud emasligini qayd etib o‘tdi. “Bu o‘lim holatining kamayishiga olib kelishi kerak. Lekin bunday tizim yo‘q”, – dedi BMT ma'ruzachisi.

Top