06:44 / 18.09.2015
2359

Chilida zilzila tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Chili hukumati 17 sentabrga o‘tar kechasi mamlakatdagi oxirgi 5 yil ichidagi eng kuchli zilzila oqibatida eng ko‘p talofat ko‘rgan Kokimbo viloyatida favqulodda vaziyat e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

“Bu qaror birinchi navbatda prezidentning Kokimboga kelganidan keyin qabul qilindi”, deb aytdi Chili ichki ishlar vaziri Xorxe Burgos.

Chili prezidenti Mishel Bashelet zilzila oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani tasdiqladi. 1 mln ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. 

Top