14:03 / 18.09.2015
2478

Devis Kubogi: Denis Istomin birinchi o‘yinda AQSh vakilini mag‘lub etdi

Bugun Toshkent shahrida Devis Kubogi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon bosqichiga saralash bahslarida AQSh termasiga qarshi bahslarni boshladi.

Dastlabki uchrashuvda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin amerikalik Stiv Jonsonga qarshi kortga chiqdi.

Uch soat-u 37 daqiqa davom etgan ushbu bellashuvda 6:1, 3:6, 7:6, 6:7, 7:5 hisoblarida hamyurtimiz g‘alabaga erishdi. Shu tariqa hozircha hisob 1:0, O‘zbekiston terma jamoasi oldinda.

Eslatib o‘tamiz, Devis Kubogida eng ko‘p zafar kuchgan jamoa sanaluvchi AQSh termasi o‘z tarixida ilk bor pley-offda ishtirok etmoqda.

Top