06:53 / 18.09.2015
3237

Dizayner Artemiy Lebedev barcha davlatlarga tashrif buyurganini ma'lum qildi

Rossiyalik dizayner Artemiy Lebedev o‘zining blogida sayyoramizning barcha davlatlariga tashrif buyurganini ma'lum qildi.

“Men tashrif buyurgan so‘nggi davlat Saudiya Arabistoni bo‘ldi. Bu davlatga borish uchun 5 yil harakat qildim”, deb aytdi Lebedev.

Lebedev o‘z vaqtida Turkmanistonga borish uchun 7 yil harakat qilgan va bu bloger uchun o‘ziga xos antirekord hisoblanadi.

Blogerning aytishicha, u barcha davlatlar deb BMTga a'zo 193 davlatni nazarda tutmoqda. Lebedevning ta'kidlashicha, u bunday natijaga Sobiq ittifoqda yashagan odamlardan birinchi bo‘lib erishdi.

Top