21:49 / 18.09.2015
4401

Dmitriy Shepelev Janna Friske haqida kitob yozmoqchi

Saraton kasalidan vafot egan rossiyalik xonanda Janna Friskening turmush o‘rtog‘i teleboshlovchi Dmitriy Shepelev xonandaga atalgan kitob yaratishi haqidagi rejalari bilan bo‘lishdi.

Teleboshlovchining aytishicha, u bo‘lib o‘tgan voqealar bilan bo‘lishishga ehtiyoj sezmoqda va xonandaning kasallik bilan og‘ir va jasur kurashi haqida gapirib bermoqchi.

“Menda kitob yozishga shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Kitob televideniye yoki shou-biznes haqida emas, balki bu og‘ir kasallikni yengish uchun nimalarga yuz kelganimiz va bosib o‘tganimiz haqida bo‘ladi. Kitob biz bilan nima sodir bo‘lgani, o‘z o‘ziga ishonchni yo‘qotmaslik kerakligi, yoningda bo‘lganlar haqida. Shuningdek, kitob qorong‘u yoki yorug‘ligidan qat'iy nazar har bir kunni yaxshi ko‘rish kerakligi haqida”, deb aytdi Shepelev. Biografik nashrning qatta qismi muhabbat mavzusiga bag‘ishlanadi.

Rossiyalik mashhur xonanda Janna Friske 15 iyunda kechki payt uzoq davom etgan saraton kasalidan 41 yoshida vafot etdi.

Top