22:37 / 18.09.2015
7899

Donald Tramp Obamaning musulmonligi haqida bildirilgan taxminni ochiq qoldirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Nyu-Gempshirda saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirokchilardan birining AQSh prezidenti Barak Obama musulmon ekanligi haqidagi tasdig‘ini inkor etmadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Trampga savol bergan birinchi ishtirokchi bahsli masalani ko‘tardi. “Bizning davlatda bir muammo bor. U “musulmonlar” deb ataladi. Biz bilamizki, hozirgi prezident ulardan biridir. Bilasizmi, u hattoki amerikalik ham emas”, deb aytdi ishtirokchi.

Uning savoli Tramp go‘yoki AQShda mavjud islom radikallarini tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulot lagerlarini qanday yo‘qotmoqchiligidan iborat bo‘ldi.

“Biz bu va boshqa ko‘plab narsalarni ko‘rib chiqamiz”, deb Obamaning diniy qarashlari haqidagi tasdiqqa e'tiborni qaratmaslikka qaror qilgan holda javob berdi Tramp.

Bo‘lgan voqeaga birinchi bo‘lib munosabat bildirganlardan biri Hillari Klinton tvitter orqali “Donald AQSh prezidenti haqidagi yolg‘on tasdiqlarni rad etmayapti va musulmonlar haqida adovatli fikrlarni aytish yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat va noto‘g‘ri narsadir. Buni bas qiling”, deya ta'kidladi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Obama nasroniy hisoblanadi, shuningdek uning islomga e'tiqod qilishi yoki umuman ateist ekani haqidagi fikrlar ham mavjud

Top