12:18 / 18.09.2015
2616

Jazoirdagi suv toshqinlarida 9 xorijlik qurbon bo‘ldi

Jazoirda tinimsiz yog‘ingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlari sababli eng kamida 12 kishi, jumladan, 9 xorijlik halok bo‘ldi, deya xabar tarqatdi Frans Press axborot agentligi fuqaro muhofazasi milliy bo‘linmasi axborotiga asoslangan holda.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, jasadlar 17 sentabr kuni tongda mamlakat janubidagi Tamanrasset shahrida aniqlangan.

Hukumatning xabar berishicha, halok bo‘lganlarning 3 nafari Jazoir fuqarosi, qolganlarining millati hozircha oydinlashtirilgani yo‘q.

Ayni paytda yog‘ingarchiliklar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha operativ shtab tashkil etilgan.

Top