11:39 / 18.09.2015
2306

Kuba AQShga o‘z elchisini jo‘natdi

AQShda Kubaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Xose Ramon Kabanyas Rodriges boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Reyter agentligining ma'lum qilishicha, AQSh tomoni bu uchrashuv vaqtida Kuba bilan iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidlagan.

Shuningdek, uchrashuv vaqtida Kuba hududida ikki davlat hamkorligida qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi aytilgan.

Shu bilan birgalikda, Assosheyted Press nashrida yozilishicha, 2 davlat shu yilning oxirigacha o‘zaro pochta jo‘natmalarini va doimiy ravishda tijoriy reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyulida AQSh va Kuba yarim asrlik tanaffusdan keyin o‘zaro munosabatlarni tiklagandi.

Top