01:06 / 18.09.2015
8282

KUN.UZ dayjesti: 17 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 sentabr kuni keng muhokamaga
sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston jahon armiyalari ro‘yxatida 54-o‘rinda>>

O‘zbekiston Global Firepower Index harbiy qudrat reytingining yangi versiyasida 54-o‘ringa qo‘yildi. Reytingga jami 126 mamlakat kirdi.

Ucell: O‘zbekistondagi faoliyatimizni davom ettiramiz>>

O‘zbekistonning Ucell mobil operatori TeliaSonera Shvetsiya-Finlyandiya telekommunikatsion guruhining “Yevrosiyo” zonasini tark etishi borasidagi axboroti munosabati bilan o‘z bayonotini tarqatdi. Tahririyatga kelib tushgan bayonotda ta'kidlanishicha, kompaniya O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini eski tartibda davom ettiraveradi.

Makka shahridagi falokat vaqtida bolaning o‘z onasi hayotini saqlab qolgani tasvirlangan video katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi>>

Makka shahri (Saudiya Arabistoni)dagi “Haram” masjidi hududiga qulab tushayotgan kranni ko‘rgan bolakayning onasi hayotini saqlab qolgani tasvirlangan video internet foydalanuvchilari o‘rtasida keng tarqaldi.

Ta'sirli lavhalar: Yevropa qochqinlar uchun ulkan yagona lagerga aylandi>>

Yaqin vaqtlarda Yevropa Ittifoqining 22 a'zosi o‘z hayotini saqlab qolish ilinjida Gretsiya, Italiya va Vengriya chegaralari orqali Yevropaga kirib kelgan 160 ming nafar qochqinni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Janubiy qozog‘istonlik fuqaro payg‘ambarlik da'vosi bilan chiqdi>>

Qozog‘istonning Turkiston shahrida yashovchi 51 yoshli Nurali Amiraliyev o‘zini yangi payg‘ambar sifatida e'lon qildi va jamoatchilikdan buni tan olishni talab etmoqda.

Suriyadagi harbiy bazada Rossiya vertolyotlari aniqlandi>>

Suriya hududida joylashgan aviabazada bir nechta rus vertolyotlari borligini aniqlashgan

Rossiya AQShning davlat qarziga investitsiya kiritmoqda>>

Iyul oyi yakunlariga ko‘ra Rossiya AQSh g‘aznachilik obligatsiyalariga (US Tresuries) 9.7 mlrd dollar mablag‘ kiritdi

Qodirov: Kiyev yo‘lida meni hech kim to‘xtatmaydi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘zining Ukraina sanktsion ro‘yxatiga kiritilishiga munosabat bildirib o‘tdi.

Vengriyalik telejurnalistdan jabrlangan suriyalik muhojirga Ispaniyadan ish topildi>>

O‘tgan haftada qizi bilan Serbiyadan Vengriyaga noqonuniy ravishda o‘tish chog‘ida politsiyachilar ta'qibidan qochayotgan muhojir, mahalliy jurnalistlardan biri tomonidan chalib yiqitilishi hodisasi katta shov-shuvlarni keltirib chiqargandi

Save the Children: Suriyadagi 2 milliondan ziyod bola bu yil maktablarga bora olmaydi>>

Bolalar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Save the Children xalqaro insonparvarlik tashkiloti 2 mlndan ziyod bola hamon Suriyada qolayotganini hisoblab chiqib, ularning bu yil maktablarga bora olmasligini ma'lum qildi

Top