15:14 / 18.09.2015
2968

Meksika Misrdan halok bo‘lgan turistlar uchun tovon puli talab qildi

Meksika Misr hukumatidan halok bo‘lgan turistlar uchun tovon puli talab qildi. Bu haqda mamlakat TIV bayonot berdi.

13 sentabr kuni Misrda bir guruh meksikalik turistlar otishma ichiga tushib qolib, ularning bir guruhi halok bo‘lgan, qolganlari esa yaralangan edi. Endilikda yaradorlar va halok bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish Misr hukumatining majburiyati ekanligi aytilmoqda.

Shu bilan birgalikda, Meksika rasmiylari voqeani chuqur va atroflicha taftish qilib, fojianing sabablari va oqibatlarini aniqlash hamda kelajakda bunday voqeaning takrorlanmasligini ta'minlashga chaqirdi.

Top