2015 yilning 17 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Riaz Husayn Buxoriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.