19:27 / 18.09.2015
8846

Putin Lukashenkoga sutning pivo emasligini eslatib o‘tdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belarus mintaqalari ikkinchi forumi jarayonida “sut kukuni” muammosini muhokama qilishdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Mazkur muhokamaga yaqindagina Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning sun'iy sut kukuni haqidagi mulohazasi sabab bo‘ldi.

“Birinchidan, biz bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz, Nursulton Abishevich. Qozog‘istonda qanday sut sotib olishsa, shunisi olib boriladi”, – dedi Lukashenko.

Belarus yetakchisining ushbu so‘ziga Vladimir Putin e'tiroz bildirib: “Bu sizga pivo emas, nima uchun siz sutni suyultirayapsiz”, – degan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga import qilinayotgan Belarus sun'iy sut kukuni haqida e'tiroz bildirib, ularning tabiiy sut bilan bir xil narxda sotilayotganini aytib o‘tgan edi.

“Mahalliy sut bilan sun'iy kukunning sifati har xil. Tabiiy va sun'iy sut ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida adolatli raqobat bo‘lishi kerak”, – degan edi Qozog‘iston yetakchisi.

Top