08:44 / 18.09.2015
2565

Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev o‘zini mamlakat yengil sanoati reklamachisi deb atadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat g‘arbiy hududlari hokimlari bilan uchrashuvda o‘zining milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan kostyum va oyoq kiyimini kiyib yurishini aytgan holda qozoq tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deya xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

“O‘z ishlab chiqaruvchilarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Masalan, hozir egnimdagi kostyum va oyoq kiyimim Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan. Bu bilan men yengil sanoatimizni reklama qildim”, – dedi Nazarboyev.

Top