09:17 / 18.09.2015
5321

Saudiya valiahd shahzodasi Hajga hozirliklarni tekshirmoqda

Saudiya valiahd shahzodasi, ichki ishlar vaziri va Oliy Haj qo‘mitasi raisi Muhammad bin Naif joriy yilda Haj mavsumini o‘tkazish rejasining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni nazorat qildi. Tekshiruv jarayonini u bilan birgalikda Markaziy Haj qo‘mitasi raisi, Makka hokimi Holid bin Faysal ham olib bordi. Bu haqda Arabnews portali xabar bermoqda.

Shuningdek, inspeksiyada Oliy va Markaziy Haj qo‘mitasi a'zolari, milliy gvardiya vaziri shahzoda Miteb bin Abdulla bin Abdulaziz, uning G‘arbiy sektor bo‘yicha o‘rinbosari shahzoda doktor Holid bin Faysal bin Turkiy, Madina viloyati hokimi shahzoda Faysal bin Salmonlar ishtirok etishdi.

Top