18:13 / 18.09.2015
2216

Toshkentda genom texnologiyalari muammolari muhokama qilinmoqda

Bugun Toshkentda “Allergologiya, immunologiya va genom texnologiyalarining zamonaviy muammolari” mavzuidagi xalqaro konferensiya ish boshladi. Unda O‘zbekiston, Germaniya, Shveytsariya, Rossiya, Qozog‘iston va Yaponiya olimlari o‘z tadqiqotlari natijalarini o‘rtoqlashadilar.

Tadbirda allergologiya va immunologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Yangi avlod vaksinalari yaratish, molekulyar diagnostika, neyroimmunologiya, inson genomini o‘rganish singari masalalari kun tartibida turibdi.
Tadbirda O‘zbekiston immunologiya instituti tadqiqotchilar ham ishtirok etmoqda.

Top