16:36 / 18.09.2015
3065

Toshkentda ShHT aksilterror strukturasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi 27-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va struktura ijroiya qo‘mitasi vakillari tashkilotga a'zo davlatlar chegara xizmatlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tegishli organlari ekspertlari 2016 yilgi ish rejalarini muhokama qilib olishdi.

Shuningdek, terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish hamda joriy yilning 16 sentabrida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo Aksilterror-2015” qo‘shma harbiy o‘quvlar yakunlari muhokama qilindi.

Top