12:10 / 18.09.2015
2375

Toshkentda terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

2015 yilning oktabrida Toshkentda terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qo‘mitasi direktori Chjan Syanfen bayonot berdi.

11 sentabr kuni u Pokistonning O‘zbekistondagi elichis Riyoz Hussayn Buxoriy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida Chjan Syanfen elchiga oktabr oyida Toshkentda terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha uchinchi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi, unda ShHTga a'zo hamda kuzatuvchi davlatlar tegishli organlari vakillari ishtirok etishidan boxabar qildi. Tadbir strukturaning o‘zi tomonidan tashkil etiladi.

Buxoriy, o‘z navbatida, Pokiston hududida terrorchilikka qarshi keng miqyosda kurash doirasida olib borilayotgan harbiy amaliyotlar xususida o‘z suhbatdoshiga axborot berdi. Shuningdek, ular Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.

Top