19:12 / 18.09.2015
18877

Toshkentdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida yong‘in kelib chiqdi

Bugun, 18 sentabr kunining ikkinchi yarmida, soat taxminan 18:30da Toshkent shahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - "Leto bar") yong‘in kelib chiqdi.

Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasi va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida joylashgan «Wyndham Tashkent» (sobiq «Dedeman») mehmonxonasi yonidagi biznes-markazida yong‘in bo‘layotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Tasvirda «Oloy» bozori yaqinida, YuMS binosi ro‘parasida joylashgan mazkur inshootning kirish qismi yonayotganini ko‘rish mumkin.

Olingan tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta yong‘in o‘chirish mashinalari jalb qilingan.

Kun.uz muxbirining voqea joyidagi guvohlardan ma'lumot olishicha, bugun kunning birinchi yarmida shu bino tomida maxsus xodimlar qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida ish olib borishgan va olov yoqishgan.

Muxbirning ma'lum qilishicha, hududga olib keluvchi ko‘chalardan biri yopilgan.

Voqea joyiga Tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan.

Top