17:08 / 19.09.2015
5498

AQShda bir-biriga juda ham o‘xshash uch egizak dunyoga keldi

Nyu-York shahridagi Jyeyson va Kelli Fenlilar oilasida bir-biriga aynan o‘xshash uch egizak — Maylza, Noa va Ouena Fenli dunyoga keldi

Uch egizakning ikki yoshli akasi Eyden ularning barchasini bitta ism bilan chaqirishga qaror qildi. Egizaklar muddatidan 2 oy oldin tug‘ilishdi, deya yozmoqda forumdaily.com.
Hali dunyoga kelishiga olti hafta bo‘lgan go‘daklar mo‘'jiza tufayli yashab qolishdi. Bunday baxt faqatgina 50 mln go‘dakdan biriga nasib qiladi. Ularning vazni tug‘ilgan paytida 1,3 kg ni tashkil etgan bo‘lsa ham, hozirda bolalarning salomatligi joyida.

Bolalarning 38 yoshli otasi Jyeyson Fenli advokat bo‘lib ishlaydi. 33 yoshli onasi esa alohida e'tibor talab qiluvchi bolalarga maktabda saboq bergan. E'tiborlisi, bolalar bir-biriga shu qadar o‘xshaydiki, ularni ajratish uchun ota-onalari tirnoqlarini turli xilda bo‘yab qo‘yishdi. Egizaklarning kiyimlari ham uch xil rangda.

Top