20:10 / 19.09.2015
4138

Buxoroda talabalardan 660 ming so‘m yig‘ib olgan domla qo‘lga olindi

Buxoro muhandislik texnologiyalari institutining kimyoviy texnologiyalar fakultetida assistent lavozimida ishlab kelayotgan Ismat Davlatov pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, kafedra o‘qituvchisi U. Bekov unga jurnallarni to‘ldirib, ballarni hisoblab chiqishni topshirgan. Bundan foydalanib qolishni istagan assistent guruh sardori Alisher Qodirovni chaqirib, ballari yetmayotgan talabalar unga murojaat qilib, ma'lum haq evaziga yuqoriroq baho olishlari mumkinligini aytgan.

Butun guruhdan jami 660 ming so‘m pul to‘plangan. Davlatov shogirdi, tayyorlov kursi o‘quvchisi Jonibek Abdukarimovga Qodirovning qo‘lidagi pullarni olib kelishni topshirgan. Lekin u huquq-tartibot xodimlari qo‘liga tushgan va so‘roq davomida o‘z “buyurtmachi”sini fosh qilgan.

Top