17:16 / 19.09.2015
2501

Devis Kubogining juftliklar bahsida O‘zbekiston AQShga mag‘lub bo‘ldi

Norasmiy jahon chempionati sanalmish Devis Kubogining jahon ligasiga chiqish uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning juftlik uchrashuvi yakunlandi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

18 sentabr kuni boshlangan O‘zbekiston — AQSh qarama-qarshiligida hisob 1:1 bo‘lib turgandi.

Bugun Farrux Do‘stov – Denis Istomin juftligi Stiv Jonson va Sem Kuerri duetiga 3:6, 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Do‘stovning ko‘plab vaziyatlarda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi natijasida mag‘lubiyat qabul qilib olindi, deyiladi xabarda.

Endi ertaga, 20 sentabr kuni yakkalikdan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Istomin Sokka, Do‘stov esa Jonsonga qarshi kortga chiqadi.

Top