09:43 / 19.09.2015
3325

Eron prezidenti o‘z xalqi amerikaliklarni hurmat qilishini aytdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CBS News telekanaliga bergan intervyusida eronliklar AQSh fuqarolariga hurmat bilan qarashlarini va shu bilan birga amerikalik siyosatchilarning Eronga qarshi qaratilgan siyosatini ta'kidlab o‘tdi.

“Bizning xalq amerikaliklarni hurmat qiladi. Eron xalqi hech qaysi bir davlat bilan urushni istamaydi. Biroq shu bilan birga AQSh siyosati Eron xalqining milliy manfaatlariga qarshi qaratilgan”, deb aytdi Ruhoniy.

Bu intervyu Eron prezidentining Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha xalqaro vositachilar “oltiligi” bilan erishilgan kelishuvdan keyingi g‘arb davlatlari jurnalistlariga bergan ilk intervyusi bo‘ldi.

Avvalroq demokratlar Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha rezolyutsiyani yana to‘sib qo‘yishgani ma'lum qilingan edi.

Top