11:47 / 19.09.2015
3379

Farg‘onalik tilla o‘g‘risi marixuana savdosi ustida qo‘lga tushdi

Farg‘onaning O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi Umarali Abdurahmonov tanishiga marixuana moddasini sotayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Abdurahmonov o‘z turmush o‘rtog‘i Hayotxonning qarindoshlarinikiga o‘g‘rilikka tushishda bir necha bor gumon qilingan bo‘lsa ham, lekin qarindoshlar uning ustidan arz qilmayotgan edi. Dastlab u qarindoshlaridan birining uyidan 400 ming so‘mlik tilla byuum o‘g‘irlagan. Qaynog‘asining uyidan 1.2 mln so‘mlik tilla buyumlar olgan.

Janjallashib ketib qolgan rafiqasini qaytarish bahonasida qaynotasining uyiga borgan kuyov u yerdan o‘z rafiqasining tillalarini o‘g‘irlab ketdi. Shundan so‘ng uning ustidan tegishli joyga ariza topshirildi.

Militsiya Abdurahmonovni qidirib kelib, uni ayni marixuana sotayotganida qo‘lga oldi.
Jinoyatchi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top