06:05 / 19.09.2015
2934

Kubaga Mayamidan suv ostidan internet-kabel o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Kuba hukumati AQShning Mayami bilan Kubani bog‘lovchi va internetga kirish sifatini yaxshilashga imkon beruvchi internet-kabelni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Nuevo Gerald gazetasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

AQSh Davlat kotibining maslahatchisi va xalqaro kommunikatsiya va axborot siyosati bo‘yicha koordinator Daniel Sepulveda Gavanaga tashrif buyurdi. Uning aytishicha, Kuba hukumati 2020 yilga qadar aholining 60 foizini mobil internet va yarmini uyda internetga ulanish bilan ta'minlashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.    

Ayni paytda internetga kirish qimmat turuvchi yo‘ldoshli aloqa va Venesuelaning optik-tolali kabeli orqali amalga oshirilmoqda, biroq Kubaning ichki telekommunikatsion infratuzilmasi yetarlicha yaxshi rivojlanmagan, mamlakatda telefon kabelining imkoniyatlaridan ham to‘la foydalanilmaydi. 

2014 yil boshida Yevropadan Braziliyaga suv osti internet-kabeli o‘tkazilishi boshlangan edi. Undan 2016 yildan foydalanish boshlanishi kerak. 

Top