02:56 / 19.09.2015
4549

KUN.UZ dayjesti: 18 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 18 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Kun fotosi: Yong‘in tufayli yuzaga kelgan tirbandlik vaqtida ko‘ngilli yo‘lovchi YPH xodimlariga yordamlashdi>>

Toshkent shahridagi yong‘in tufayli yuz bergan tirbandlik vaqtida piyodalardan biri ko‘ngilli ravishda mashinalar harakatini nazorat qilishda yordamlashdi

LG CNS Uzbekistan O‘zbekistonda quyosh panellarini ishlab chiqaradi>>

Yangi tashkil etilgan LG CNS Uzbekistan o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda quyosh panellarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

2020 yilga qadar O‘zbekistonda mobil operatorlar asosiy stansiyalari soni 12 barobarga ko‘payadi>>

2020 yilga qadar O‘zbekiston mobil operatorlari asosiy stansiyalari sonini 6 mingtaga yetkazmoqchi. Bu haqda axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi vakili Toshkentda o‘tayotgan IKT sammitida ma'lum qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro reyslar uchun chegirmalar e'lon qildi>>

Joriy yilning 1 sentabridan 30 noyabriga qadar «O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro yo‘nalishda harakat qiluvchi poyezd chiptalari uchun ularni sotib olish muddatiga qadar turli chegirmalarni joriy qildi

2017 yili O‘zbekistonda 6 ming km optik tola o‘tkaziladi>>

2015-2017 yillarda O‘zbekistonda 6.1 ming km l optik tolali aloqa tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev o‘zini mamlakat yengil sanoati reklamachisi deb atadi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat g‘arbiy hududlari hokimlari bilan uchrashuvda o‘zining milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan kostyum va oyoq kiyimini kiyib yurishini aytgan holda qozoq tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deya xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

New Horizons stansiyasi Plutonda kun botishini qayd qildi>>

Amerikalik olimlar New Horizons stansiyasi Plutonda kun botishining o‘ta tiniq fotosuratlarini oldi.

Putin Lukashenkoga sutning pivo emasligini eslatib o‘tdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belarus mintaqalari ikkinchi forumi jarayonida “sut kukuni” muammosini muhokama qilishdi

“Mersedes” 12 silindrli motorga ega superkar yaratadi>>

“Mersedes”ning AMG atelesi 12 silindrli motor bilan ta'minlanuvchi superkarni ishlab chiqish ishlarini olib bormoqda

Samsung Galaxy S6 Edge yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi>>

T3 texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni “yil smartfoni” mukofoti bilan taqdirlandi

Top