11:47 / 19.09.2015
3720

Mirko Luchesku: Ronalduga «Non-Fair Play» sovrinini topshirish kerak

"Shaxtyor” jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni keskin tanqid qildi.

Ruminiyalik mutaxassisning aytishicha, madridliklar uning jamoasiga qarshi YeChL guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan o‘yin vaqtida bosh hakamga tazyiq o‘tkazishgan.

“Menimcha, Ronalduga “G‘irrom o‘yin uchun” sovrinini topshirsa bo‘laveradi. U aslida penalti bo‘lmagan joyda hakamdan 11 metrlik jarima zarbasini talab qilib oldi. Va har safar hakam uning noroziliklaridan hayiqib, madridliklar foydasiga qaror chiqaraverdi.

Penaltidan boshqa vaziyatda Ronaldu Stepanenkoning birinchi kartochkasini so‘rab oldi, shuningdek, jarima zarbasini ham. Aslida u yerda o‘yin qoida buzilmagan edi.

Takrorlayman: "Real" safida buyuk o‘yinchilar to‘p suradi. Afsuski, ular ijobiy natijaga har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da erishishga urinishmoqda”, - deydi Luchesku.

Top