08:21 / 19.09.2015
3019

Mourino Yeva Karneyroni haqorat qilgani uchun 5ta o‘yinga chetlatilishi mumkin

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinoga nisbatan ish ochdi.

Bunga sabab sifatida murabbiy jamoa shifokori Yeva Karneyroni haqorat qilgani ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Suonsi"ga qarshi kechgan uchrashuv (2:2) vaqtida shifokor Yeva Karneyro bosh murabbiydan ruxsat so‘ramay jarohat olgan futbolchiga yordam berish uchun maydonga tushgani Mourinoga yoqmagan va murabbiy uni nojo‘ya gaplar bilan haqorat qilgandi.

Agar murabbiy aybdor deb topilsa kamida beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Top