20:59 / 19.09.2015
3002

Mourino: “Men “Arsenal”ga qarshi bir necha bor o‘ynaganman va ular bir martagina hech narsadan shikoyat qilishmagan”

Londonning “Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino London derbisida “Arsenal”ga qarshi g‘alabadan keyin raqib jamoa futbolchilarining xatti-harakatini tanqid qildi.

“Men “Arsenal” bilan 15 yoki 16 marta uchrashganman... Faqat bir martagina ular o‘yindan keyin hech narsadan shikoyat qilishmagan va bu, ehtimol, o‘sha o‘yinni yutganlari uchun bo‘lsa kerak”, deb aytmoqda portugaliyalik mutaxassis.

19 sentabrda bo‘lib o‘tgan o‘yin davomida “Arsenal” himoyachisi Gabriel Paulista va yarimhimoyachisi Santi Kasorla maydondan chetlatildilar.

“Chelsi” raqib aynan kamchilik bo‘lib o‘ynaganda o‘z to‘plarini kiritgan.

Top