19:35 / 19.09.2015
7236

O‘zbekiston Yevropaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha navbatdagi shartnomalarni imzoladi

2015 yilning 2-5 sentabr kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida “Riga Food 2015” xalqaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Boltiqbo‘yidagi yirik meva-sabzavot mahsulotlari ko‘rgazmasida bu yili o‘zining 20 yilligini nishonlab, unda rekord darajadagi qatnashchilar — dunyoning 37 mamlakatidan 700 kompaniya ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik vakillar ham uchinchi yildirki, mazkur ko‘rgazmada 107 kv metrli milliy stendiga ega, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston tomonidan assotsiatsiyaning «AGROMIR» QK, «GREEN WORLD» QK, «MT Invest-Impeks» MChJ, «MASTER GLOBAL PLYUS» MChJ, «NATURAL JUICE» MChJ, «ASVEN DISTILLERIES» MChJ, «Momiq toy servis», «Renesans Dizayn» QK, «Shaxboz Shirin» QK, «GOLD DRIED FRUITS» MChJ singari a'zolari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma davomida assotsiatsiya vakillari 20dan ziyod kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra umumiy qiymati 1 280 ming yevro yoki 1 434 ming dollarlik shartnomalar imzolandi. Ularning 300 ming yevrosi yoki 336 ming dollari import mahsulotlaridir.

Top