12:21 / 19.09.2015
3156

Qozog‘istondagi neft havzasida chiqqan yong‘in 5 ming kv m maydonga tarqaldi

Qozog‘iston g‘arbidagi neft havzasida kelib chiqqan yong‘in atrofga tarqalishda davom etmoqda va ayni paytda 5 ming kv m maydonni qamrab olgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi sayti xabar bergan.

"Olovni o‘chirish qiyinlashmoqda. Yong‘in o‘chog‘i atrofi aylanasiga olov bilan qamralgan. Shuningdek, shamol olovning kengayishiga xizmat qilmoqda", deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, Mangistov viloyatidagi Janaozen shahri yaqinidagi neft havzasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda bu hududga yuzlab o‘t o‘chiruvchilar va 33ta texnik vosita jalb etilgan.

Qayd etilishicha, bu yong‘in binolar va magistral quvurlarga tahdid solmayapti.

Top