14:12 / 19.09.2015
4442

Toj Mahal zinapoyalarida yaponiyalik selfi ishqibozi vafot etdi

Yaponiyalik sayyoh Hindistondagi Toj Mahal muzey-maqbarisiga kiraverishda selfiga tushishga urinish chog‘ida vafot etdi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, juma, 18 sentabr kuni ikki erkak zinapoyadan sirpanib, yiqilib tushishgan. Ulardan biri boshidan jarohat olib, keyinroq shifoxonada hushiga kelmasdan jon bergan. Ikkinchi sayyohning esa oyog‘i lat yegan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yaponiya elchixonasiga ma'lumot yetkazilgan. Diplomatlar va politsiya xodimlari hodisa sabablarini o‘rganishmoqda.

Top