16:19 / 19.09.2015
1967

Tom Shennon AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yangi o‘rinbosari etib tayinlandi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘zining siyosiy masalalar bo‘yicha yangi o‘rinbosari etib Tom Shennonni tayinladi.

Shennon – kadrlar masalasidagi diplomat bo‘lib, elchi darajasiga ega. Hozirga qadar u AQSh davlat departamenti maslahatchisi lavozimida ishlagan. Bunga qadar esa Braziliyada elchi bo‘lgan. Undan avvalroq AQSh davlat kotibining G‘arbiy yarim shar bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Kerri Shennonning nafaqat Lotin Amerikasini balki Yaqin Sharq, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa mintaqalarga oid masalalarni ham yaxshi tushunishini ta'kidlagan.

Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi, AQSh tashqi siyosat mahkamasidagi uchinchi darjadagi o‘rin hisoblanadi. Endilikda Shennon nomzodi Kongress senati tomonidan tasdiqlanishi lozim. Shundan so‘ng u amaldagi o‘rinbosar Uendi Sherman o‘rnini egallaydi.

Ma'lumot uchun, Shennon 1980 yilda AQShdagi yetakchi o‘quv yurtlaridan bo‘lgan “Uilyam end Meri” (Virjiniya shtati) kollejini tamomlagan. Bundan tashqari Oksfordda o‘qigan. Ispan va portugal tillarini biladi.

Top