12:54 / 19.09.2015
2896

Volkswagen avtokonserni atrof-muhitga zarar yetkazgani uchun 18 mlrd dollar jarima to‘laydi

Volkswagen nemis avtomobil konserni atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi holatini tekshirishni aylanib o‘tishga xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot o‘rnatilgan 500 mingga yaqin avtomobilni sotgani uchun yirik miqdordagi jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg Germaniya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga asoslanib xabar bermoqda.

Gap 2009-2015 yillarda sotilgan dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi avtomobillar haqida ketmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu avtomobillarga shunday qurilmalar joylashtirilgan ekanki, mashinalarning tozalash vositalari tekshirilgan vaqtda ular to‘liq quvvatda ishlagan, odatiy haydash vaqtida esa — yo‘q. Natijada mazkur avtomobillar chiqargan zararli moddalar miqdori belgilangan normalardan 10-40 barobardan oshib ketgan.

Ayni paytda agentlik avtokotsernni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. “Avtomobillarda atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarish me'yorlarini aylanib o‘tuvchi dasturiy ta'minotdan foydalanish qonunga xilof bo‘lib, aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi”, – dedi agentlik vakili Sintiy Jil. Uning fikricha, avtoishlab chiqaruvchilar umum qoidalar bilan o‘ynashishdi.

Endilikda bu kabi avtomobillarning har biri uchun avtokonsern 37,5 ming dollardan to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa jarima miqdorining 18 mlrddan oshishidan darak beradi.

Bundan avvalroq AQSh hukumati Volkswagen`dan mazkur dastur o‘rnatilgan 482 ming avtomobilni qaytarib olishni talab qilib chiqdi.

Top