Los-andjyeloslik kinematograflar dunyodagi eng yirik Quyosh tizimi modelini namoyish etishdi. U Nevada shtatidagi Blek Rok sahrosida joylashgan bo'lib, maydoni 10 kvadrat kilometrdan oshadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

“Nevadadagi qurib qolgan ko'l tubida bir guruh do'stlar Quyosh tizimi maketini undagi barcha sayyora orbitalari bilan barpo etishdi”, – dedi Uayli Overstrit Blek Rok cho'lida qurilgan dunyodagi ilk Quyosh maketiga bag'ishlangan qisqa metrajli filmda.

Ushbu modelni besh kishidan iborat guruh qurishdi. Ular Quyosh tizimidagi osmon jismlari hajmi va ular o'rtasidagi masofani yanada aniqroq tarzda ifodalashni maqsad qilib olishdi.

Jumladan, taqdim etilgan modelda Yer 1,2 santimetrli marmar shar shaklida tasvirlangan. Boshqa sayyoralar ham shu singari sharlarda ifodalangan bo'lsa, Quyosh yorug'lik taratuvchi lampa bilan ko'rsatilgan. Barcha sayyoralar hajmi ular o'rtasidagi masofa tabiiyga aynan o'xshatilgan.

G'ayrat va ishtiyoqli do'stlar Merkuriy, Venera va Yerni Quyoshdan 6,8 metr, 13,6 metr va 17,6 metr masofaga joylashtirgan bo'lsa, Neptun, Yupiter va Saturn yorug'lik manbaidan 5,6 kilometr, 0,9 kilometr va 1,8 kilometr olislikka o'rnatgan.

Haqiqatda esa, deylik, Quyosh va Yer o'rtasidagi oraliq 150 million kilometrni tashkil etadi. Kinematograflar taqdim etgan model masshtabi esa taxminan 1:8500000000 ga teng.