20 sentabrda Germaniya Bundesligasining 5-turida Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z uyida “Bayyer”ni 3:0 hisobida yutdi. To‘plarni Yonas Xofman, Sindzi Kagava va Per-Emerik Obameyyang kiritdi. Dortmundliklar ushbu mavsum boshlangandan beri ketma-ket 5-g‘alabaga erishdilar va “Bavariya” kabi 15 ochkoga ega bo‘lmoqdalar.
Germaniya Bundesligasi. 5- tur
Borussiya D (Dortmund) – Bayyer (Leverkuzen) – 3:0
Gollar: Xofman, 19 (1:0); Kagava, 58 (2:0); Obameyyang, 74 (3:0, pen).
Turning yana bir uchrashuvida “Shtutgart” o‘z maydonida “Shalke”ga 0:1 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa “shvablar” ketma-ket 5 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramoqdalar. Uchrashuvdagi yagona to‘pni 53-daqiqada Leroy Zane kiritdi.
Musobaqa jadvalida “Shalke” 10 ochko bilan 4-o‘rinni, “Shtutgart” esa oxiridan bitta oldingi 17-o‘rinni egallamoqda.
Shtutgart (Shtutgart) – Shalke-04 (Gelzenkirxen) – 0:1
Gollar: Zane, 53 (0:1).
Turning yana bir uchrashuvida “Augsburg” o‘z maydonida “Gannover”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va chempionatdagi ilk g‘alabasiga erishdi.
Augsburg – Gannover 2:0
Gollar: Eshvayn, 29 (1:0), Verxaf, 32 (2:0, pen.)